“ASSALOM NAVRO‘Z”

2024 yil 19 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar kengashi aʼzolari 2-Talabalar turar joyida fakultet talabalari ishtirokida “ASSALOM NAVRO‘Z” tadbirini o‘tkazdilar. E.G‘aniboyeva tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etib, “Bahor yangilanish fasli, Navro‘z esa uning kelinchagi” bahor bayrami, xar yili yurtimizda keng nishonlanib kelmoqda, dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan sumalakni pishirish tarixi, insonga foydali xususiyatlari bo‘yicha maʼlumotlar berdi. Talabalarimiz tomonidan bahor, navro‘zga bag‘ishlangan sheʼrlardan ijro etildi, samimiy tilaklar bildirildi. Tadbir fayzli, taassurotlarga boy bo‘ldi.

QXM fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti